
Superliga. "Sherlar" oxirida "o‘ljasi"ni mahv etdi yoxud "poytaxt derbisi"da "Paxtakor" g‘olib!
O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda "sherlar" 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Suhrob Izzatov uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, Hojiakbar Alijonov ajoyib kombinatsiyadan so‘ng muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga 1 daqiqa qolganida Po‘latxo‘ja Xoldorxonov gol urib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 16 ochko bilan oxirgi 8-o‘rinda qoldi. 27 ochkosi bor "sherlar" 1-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar