Superliga. "So‘g‘diyona" qo‘shimcha daqiqalardagi penalti evaziga "Dinamo" bilan durang o‘ynadi
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 20-turi doirasidagi bahslar start oldi.
Kunning ikkinchi bahsida "So‘g‘diyona" va "Dinamo" jamoalari to‘qnash keldi. Ushbu bellashuvda jamoalar kuchi teng keldi - 1:1.
O‘yindagi dastlabki gol 29-daqiqada Mahmudjon Mahammadjonov tomonidan kiritildi. Bahsga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan Lyupcho Doriev "So‘g‘diyona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
So'g'diyona
- Ljupche Doriev 90'
Tugadi
1
:
1
20.08.2025 20:00
Dinamo
- Makhmud Makhamadzhonov 29'
Fikrlar