Superligada 19-tur uchrashuvlari yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Avazxon Mamatxo‘jaev, Shaxboz Erkinov va Murod Xolmuhammedovlar mualliflik qildi.

Shu tariqa, qo‘qonliklar hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bunyodkor" esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli 4-o‘ringa tushib ketdi.

"Navbahor" esa "Paxtakor"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 27-daqiqada Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, "sherlar" hisobidagi ochkolar soni 53 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom etttirmoqda. 25 ochkosi bor "lochinlar" esa 7-pog‘onadan joy olishgan.

Samvel Babayan qo‘l ostidagi "Lokomotiv" bu tur ham ochko yo‘qotdi. "Temiryo‘lchilar" "Metallur"ni enga olishmadi - 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Ilhomjon
15/09/2019 19:51
Чунки.............Қўқон ютади
&
Mansurbek
15/09/2019 19:11
Ildiz Tantashev naxotki sotildi. Yo‘q joydan Paxtakorga jarima ishlab berdi.
Нодирбек Ахмедов
15/09/2019 16:40
Куконни уриши аник,чунки ...