Superligada navbatdagi iste’fo! Bu safar klub direktori ham vazifasidan ozod etildi

  • 10 sentabr, 2022, 12:45
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev boshchiligida klub rahbariyati, futbolchilar va Fan klub a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘nggi vaqtda klubdagi nosog‘lom muhit, klubning Superligadagi salbiy ishtiroki keskin tanqid qilindi.

Tecno

Barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay kutilgan natijani bermayotgani, bunga so‘nggi vaqtlarda, asosiy jamoaning ko‘rsatayotgan uyinlari va erishgan natijalaridan ham ko‘rish mumkinligi, xususan, Superliga joriy mavsumining 18-turidan so‘ng jamoa 20 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda borayotgani tanqid ostiga olindi.  

Ta’kidlash kerakki, 18 ta o‘yinda 20 ta gol urilgan bo‘lsa, 29 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan yoki to‘plar nisbati – 9. Superliganing 2021 yil mavsumida jamoa 18-turdan so‘ng 29 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinni egallab turgan edi. To‘plar nisbati esa + 12.

Mehriddin Abdullaev holat shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, “Bunyodkor” o‘zi tarixidagi eng sharmandali holatga tushishi, achinarlisi esa Superligani joriy yil yakuni bilan tark etishi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Bunday salbiy natijalar uchun avvallari moliyalashtirishdagi muammolar bahona qilingani, hozirda moliyalashtirishda muammo yo‘qligi aksincha klub va direktsiya uchun zarur barcha mablag‘lar, oylik-maoshlari va mukofot pullari o‘z vaqtida moliyalashtirilayotgani aytildi. 

Yuqoridagilar klub direktori Mirzaev Ulug‘bek hamda asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenkoning o‘z vazifalarini etarli darajada bajarmayotganligidan dalolat berayotgani ma’lum qilindi hamda yuqoridagilardan kelib chiqib, klub direktori Ulug‘bek Mirzaev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga “Bunyodkor” Akademiyasi direktori Aziz Haydarov tayinlandi. 

Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko o‘rniga “Bunyodkor” U21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlanadi. Boshkovich futbolchi va murabbiy sifatida  Evropa futboli bilan tanish. Uning tajribasi jamoadagi natijalarni o‘zgartirishiga umid bildirildi.

Ivan Boshkovichga avvalo jamoadagi muhitni o‘zgartirish, futbolchilar bilan alohida ishlash bo‘yicha topshiriq va vazifalar berildi. Shuningdek, Bosh murabbiy faoliyatiga har qanday aralashuv jazolanishi ta’kidlandi.

Akademiya rahbari sifatida shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan Aziz Haydarovning Klub Bosh direktori bo‘lgani sabab, “Bunyodkor” akademiyasi direktorligiga, Akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan Islom Ahmedov tayinlanadi. 

"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
10/09/2022 17:04
Шило на мыло