Superligada VAR tizimi qo‘llanilmoqda. Mazkur tizim o‘rtacha 60-89 soniya vaqt sarflayapti (statistika)

  • 25 mart, 2021, 11:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.

Tecno

"Superliga-2021" 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” o‘yini milliy chempionatimiz yuqori divizionida Video Assistant Referee tizimi ishlagan dastlabki uchrashuv sifatida tarixdan o‘rin oldi. Shuningdek, 2-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor” hamda 3-turdagi “Turon” – “Lokomotiv”, “Navbahor” – “Nasaf” va “Bunyodkor” – “Andijon” bahslarida ham VAR tizimi mutaxassislari ish olib bordi. Hozirga qadar ortda qolgan 3 ta tur davomida 5 ta o‘yinda VAR faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zPFL rasmiy sayti mazkur bellashuvlarga oid statistikani e’lon qildi. Uchrashuvlar davomida VARga murojaat qilgan holda, bosh hakamlar maydonda 4 bora VAR monitorida vaziyatlarni kuzatishdi. Kuzatishga ketgan vaqt 1-bo‘limlar davomida o‘rtacha 60 soniyani, 2-bo‘limlarda esa, o‘rtacha 89 soniyani tashkil qildi.

5 ta uchrashuv davomida jami 32 ta jarima maydoni ichidagi xavfli vaziyatlar VAR tomonidan tekshirildi. Qolaversa, 15 ta ehtimoliy qizil kartochkali holatlar ham tekshirib ko‘rildi. Bitta o‘yinda ehtimoliy qizil kartochkalar tekshiruvi o‘rtacha 3 tani tashkil etdi.

VAR tizimi ishlagan uchrashuvlar:

Superliga. 1-tur

Nasaf – Paxtakor


Superliga. 2-tur

Lokomotiv – Navbahor


Superliga. 3-tur

Turon – Lokomotiv


Navbahor – Nasaf


Bunyodkor – Andijon 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!