Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superligada yil o‘yini! Mazkur bellashuvda qaysi jamoa favorit?

Bekzod Isayev
Izohlar: 2

Uchrashuvni shu erda kuzatib boring

Bugun O‘zbekiston Superligasida 17-tur start oladi.

Kun doirasidan 2 ta o‘yin o‘rin olgan. "Navbahor" o‘z uyida "Paxtakor"ni qabul qiladi. "Bunyodkor" Samarqandda "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Ikki bellashuv ham 19:00da boshlanadi.

SPORTS.uz "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinini jonli efirda namoyish etadi. Uchrashuvni shu erda kuzatib boring.



To‘g‘risi, so‘nggi 4-5 yil ichida bu qadar katta macshtabdagi o‘yin ichki birinchiligimizda bo‘lganini eslay olmayman. Eng qizig‘i shundaki, bu bahsda nafaqat ikki jamoa, balki "Nasaf" va "Sug‘diyona"ning ham "interes"lari bor.

Bahs kartinasi ikki xil variantda ko‘rinish olishi mumkin. Tomonlar juda yopiq futbol o‘ynab, uzoq masofadan zarba va standartlarga suyanadi. Ikkinchi variant, ochiq futbol. Birinchisi "lochinlar" uchun qulay bo‘lsa, ikkinchisida "Paxtakor" ancha o‘zini yaxshi his qiladi.

Ikki tomon ham qo‘lida "kozyr" "qartalar" bilan o‘yinga etib keldi. "Navbahor" himoyadagi muammolarini hal etgan bo‘lsa, "Paxtakor" Shatskix qo‘l ostida ritmni ushlab oldi. Shunday qilib, yil o‘yini ssenariysi uchun variantlar bor. Tomonlar ertaga maydonda ulardan birini tanlashi aniq. Juda zerikarli pragmatik futbol, yoki gollar shousiga aylangan super match. "Yil o‘yini"da boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.

SPORTS.uz komandasi bu uchrashuvda sizlar uchun zo‘r sovg‘alar tayyorlagan. Bir necha soatdan so‘ng, bu haqida yozamiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q