Superliganing 27-turi ham yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing

  • 04.11.2025 13:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kecha Toshkent derbisi orqali O‘zbekiston Superligasining 27-turi ham o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Turning so‘nggi to‘qnashuvida "Paxtakor" o‘z uyida "Bunyodkor"ni qabul qilib, 4:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Turni ochib beruvchi to‘qnashuvida esa "Dinamo" "Xorazm"ni ishonchli hisobda taslim etdi (3:1). Shuningdek, "Nasaf" Namanganda "Navbahor" mehmoni bo‘lib, nursiz durangga imzo chekdi. 7 ta gol kiritilgan to‘qnashuvda Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK safarda "Sho‘rtan"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (4:3). Chempionlik poygasida etakchilik qilayotgan "Neftchi" esa o‘z uyida "Surxon"ni 2:1 hisobida taslim etdi. 
 
Ushbu bellashuvlardan so‘ng turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!