
Superliganing bu turida qizil tutun tutatilgan o‘yinga boshqa uchrashuvlarga qaraganda 4-5 barobar ko‘p muxlis keldi
13-15 sentyabr kunlari Superliganing 19-turi o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yinlariga jami 35438 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 5063ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis namangandagi “Navbahor” – “Paxtakor” bellashuvida qayd etildi - 17521. Bu boshqa o‘yinlardan 4-5 borabar ko‘p ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Eng kam ishqibozlar Navoiyda. “Qizilqum” – “Nasaf” bahsini 1500 tomoshabin bevosita o‘yingohdan kuzatdi.
Toshkentda “Lokomotiv” uchrashuviga 2315 tomoshabin kelgani e’tiborga molik. Odatda shuncha muxlislar “temiryo‘lchilar”ning etakchilarga qarshi o‘yinlariga kelardi.
Quyida 19-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
NAVBAHOR – PAXTAKOR 0:1. 17521 tomoshabin
BUXORO – SURXON 0:2. 4820 tomoshabin
QO‘QON-1912 – BUNYoDKOR 3:0. 4100 tomoshabin
ANDIJON – SO‘G‘DIYoNA 0:0. 3400 tomoshabin
LOKOMOTIV – METALLURG 1:1. 2315 tomoshabin
AGMK – DINAMO 3:1. 1782 tomoshabin
QIZILQUM – NASAF 0:0. 1500 tomoshabin
Fikrlar
Ишлашдан мухлисларимизга холис ахборот етказишдан чарчаманглар.
СА сайтининг мухлислик киладиган(луюбимчик) жамоаси учрашувларига олтинга тенг футболчиларини тинчлиги ва соглигини химоя(кимдан ???) килиш у/н 100-200 та ИИБ ходимларидан бошка хеч ким ташриф буюрмай куйганлиги у/н "мухлислар ташрифи" рукнини режаларидан бутунлай учириб юборишди.
SPORTS.uz дан уял СА.
SPORTS.uz дан урган СА.
Sports.uz molodec!!!