Superliganing uch klubiga yozgi transfer oynasi uchun sanktsiya qo‘llanildi

  • 3 iyul, 2024, 17:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun "Navbahor", "Neftchi" va "Surxon" klublari 2024 yilning yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Taqiq qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda ham amalda bo‘ladi, - bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati bermoqda.

Joriy yilning 16 iyul sanasiga qadar Liga bu uch klubning yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Mazkur sanaga qadar ham qo‘mita qarorlari ijrosi bajarilmasa, 16 iyul sanasidan so‘ng ular faqatgina 2002 va undan keyin tug‘ilgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun ruxsat beriladi. Bunda klublar «Superliga va Proliga reglamenti»da belgilangan limitdan chiqib ketmasligi ta’minlanadi. 

Agar transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 30 iyul sanasiga qadar ham mavjud qarzdorlik bartaraf etilmasa, u holda avtomatik ravishda 2025 yilning qishki transfer oynasida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqiq kuchga kiradi. Shundan so‘ng mazkur klublardan 6 ochkogacha olib tashlash masalasi kun tartibiga kiritiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!