Superliganing yana bir nomdor klubi yangi mavsumda SABER liboslarida harakat qiladi (FOTO)
Namanganning "Navbahor" klubi bugun yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
E’tiborlisi, tadbir davomida "lochinlar"ning yangi mavsum libosi ham namoyish qilindi. Unda ko‘rish mumkinki, "Navbahor" yangi mavsumda SABER brendi ostidagi liboslarda haraka qiladi. Namanganliklar so‘nggi ikki mavsumda ADIDAS liboslaridan foydalangan edi.




Eslatib o‘tamiz, bundan avvalro Superligaga qaytgan "Lokomotiv" ham SABER brendi bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lum qilgan edi.

Fikrlar