Superto‘purar jamoadagi joyini yo‘qotdi. Uning o‘rniga Messini kutishyapti

  • 19 oktabr, 2020, 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri jarohatidan qutilganidan keyin asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu bosh murabbiy Pep Gvardiolaning talabi.

Tecno

- Serxioning jarohatidan qutilib, yaxshi sport formasida safimizga qaytgani muhim. Biz uni qadrlaymiz. Lekin endi Aguero xuddi boshqalar qatori jamoada to‘p surishga loyiq ekanini isbotlab qo‘yishi kerak, - deydi Gvardiola.

Keyingi paytlarda, “Manchester Siti” Agueroni ketkazib, o‘rniga erkin agentga aylanish arafasida turgan Lionel Messini olishi haqida gap-so‘zlar tarqatilmoqda. Agueroning o‘zi esa “Inter”ga o‘tishga yaqinligi to‘g‘risida xabarlar chiqa boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!