"Surxon" 13 nafar futbolchini ro'yhatdan o'tkazdi

  • 30.01.2026 17:11
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Surxon" klubi Superliganing yangi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoa 13 nafar futbolchini ligada ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum qilindi.

Ularning 6 nafari erkin agent maqomida klub safiga qo‘shilgan bo‘lsa, 5 nafar futbolchi bilan to‘liq shartnoma imzolandi. Shuningdek, transfer orqali hamda ijarа asosida jalb etilgan o‘yinchilar ham mavjud.

Ma’lumot uchun, ayni paytda termizliklar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!