"Surxon" bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o‘yin biz uchun muhim"

  • 5 aprel, 2023, 23:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi doirasida “Surxon” Jar stadionida “Mash’al” bilan kuch sinashdi. Ushbu qarama-qarshilikda hisob ochilmadi. O‘yindan so‘ng “Surxon” bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini aytdi.

“Xayrli kech, hammaga. O‘yinga kelsak, juda kuchli raqib. Ikkala jamoa uchun ham haqli durang. Raqibning himoyadagi tartibli o‘yinini alohida ta’kidlash joiz. Jangovar durang qayd etildi”, - deydi Arslonov.

- Bugun o‘yin amaliyoti kam bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berildi. Ularning o‘yinidan qoniqdingizmi?

- Ha, to‘g‘ri. Siz haqsiz. Umuman olganda, bugungi o‘yindan asosiy maqsadlaridan biri ham aynan chempionat o‘yinlarida maydonga tusha olmayotgan futbolchilarga o‘yin amaliyoti berish edi. O‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdimmi, degan savolga javob berishimiz uchun hali biroz o‘yinni tahlil qilishimiz kerak. Ana shundan keyin biror xulosa qila olamiz va shunga qarab keyingi harakatlarni amalga oshiramiz. «Nasaf»ga qarshi keyingi o‘yinga ham ana shu xulosalar asosida tayyorlanamiz. «Nasaf»ga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim, qiyin bo‘lishi aniq. Biz ushbu o‘yinga bor kuchimiz bilan tayyorlanamiz.

- Bugun jangovar durang bo‘lganini aytdingiz. Nega Superliga klubi bo‘lgan «Surxon» g‘alaba uchun harakat qilmadi, raqib ham daraja jihatdan sizlardan kuchsizroq edi yoki bu «Nasaf»ga qarshi uchrashuv uchun kuch saqlashmidi?

- Yo‘q, biz jamoa sifatida har doim eng yuqori maqsadlarni qo‘yamiz va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Biroq bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak. Superliga va Pro liga klublari o‘rtasida unchalik ham katta farq yo‘q. Pro ligada ham Superligada o‘ynashga qodir bo‘lgan besh oltita klub bor. Bugun ham biz darajalar o‘rtasida farq deyarli yo‘qligini ko‘rdik. «Mash’al» ham Superligada o‘ynashga munosib jamoa.

“Surxon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!