"Surxon" klubi murabbiyi muxlislardan uzr so‘radi

  • 01.03.2020 17:35
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Surxon" - "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Shavkat Abduxo‘jaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalo, muxlislarimizdan uzr so‘rayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Navbatdagi uchrashuvlarda bugungi mag‘lubiyat o‘rnini to‘ldirishga va vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. 

Fikrimcha, bugun ikkinchi bo‘limda «konsentratsiya»ni yo‘qotib qo‘ydik. Raqibning qarshi hujumlarida yanada diqqatliroq bo‘lishimiz lozim edi. Hakamlar haqida gapirmayman. Jismoniy holatimiz joyida. Bugun biz ko‘proq hujum uyushtirdik. Shunchaki, hujumlarni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda hisob bunday ko‘rinish olmasdi, Tarkibni murabbiylar shtabi tanlaydi. Yangi bosh murabbiy masalasi tez orada hal etilsa kerak, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ Bekmurodov
01/03/2020 18:48
Hech qisi yuq kiyingi o‘yinlarda yaxshi o‘ynab Surxon muhlislarini qo‘vontiradi degan umitdaman omad Surxon.

NASAF muhlesi
&
Ibratjon Hikmatjon
01/03/2020 17:39
Орият булиш керак Илхом бухгалтер ку жамоа бош мураббийи
Расулжон Тоштемиров
01/03/2020 22:17
СУРХОН сен каргиш олдинг канча мутахасис келди хайдадиларинг энди в ити воти у узи ким СУРХОН пули тугагунча кейин уни ерди тагидан хам топмайсан