"Surxon" legioner futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirdi

  • 05.01.2026 17:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Surxon" matbuot xizmati jamoaning yetakchilaridan biri — Jamaldin Xodjaniyozov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirganini e’lon qildi.

Rossiyalik legioner “Surxon” safida o‘tkazgan so‘nggi 1,5 mavsum davomida tajribali, 29 yoshli markaziy himoyachi jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.

U ushbu davrda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 14 tasida darvozasi dahlsiz saqlanib qoldi.

Jamaldinning tajribasi, yetakchilik fazilatlari va barqaror o‘yini jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega. Ishonamizki, u kelgusi mavsumlarda ham Surxon muvaffaqiyatlari yo‘lida muhim rol o‘ynab, yosh futbolchilar uchun munosib namuna bo‘lib qoladi, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!