"Surxon" "Olimpik"ning ikki futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Behzod Shamsiev hamda Shaxzod Toirov mavsumning ikkinchi yarmini "Suxon" safida o‘tkazadi. Har ikkala futbolchi "Olimpik" klubidan ijara asosida olindi.
Behzod Shamsiev - markaziy himoyachi. Lekin boshqa ampluada ham harakat qila oladi. Mavsumning birinchi yarmida "Olimpik" jamoasida sardorlik bog‘ich bilan maydonda harakat qilgan. Eslatib o‘tamiz, Shamsiev "Surxon"ning Xitoydagi xorij yig‘inida ishtirok etib, "Shensi Yunion" darvozasiga gol urgan edi.
Shaxzod Toirov - himoyachi. Bu futbolchi ham, "Olimpik" jamoasidan ijara asosida "Surxon"ga qo‘shildi. Termizliklar muxlisi ushbu futbolchini juda yaxshi bilishadi. 2020-yilgi mavsumida, Toirov "Surxon" U 21 jamoamsi sharafini himoya qilgan va asosiy tarkibda ham O‘zbekiston Kubogi doirasidagi 1ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar