"Surxon" tarkibiga gruziyalik legioner qo‘shildi
"Surxon" klubi gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Jamoamiz safiga yangi legioner qo'shildi. Gruziyalik 26 yoshli tayanch yarim himoyachi "Surxon" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Qayd etish joiz, Tornike Dzebniauri "Surxon" tarixidagi ilk gruziyalik futbolchi hisoblanadi.
Tornike Dzebniauri
Tug'ilgan sana: 27.11.1999
Amplua: tayanch yarim himoyachi
Fuqaroligi: Gruziya
O'ynagan klublari:
"Lokomotiv" Tbilisi, Gruziya (2018–2023)
"Saburtalo", Gruziya (2021, ijarа asosida)
"Jеnis", Qozog'iston (2023)
"Garedji", Gruziya (2024)
Shuningdek, Tornike Gruziyaning turli yoshlar terma jamoalari tarkibida ham to'p surgan. Futbol klubimiz nomidan Tornike Dzebniaurini qutlaymiz va unga «Xush kelibsiz» deyamiz", — deyiladi termizliklar xabarida.
Fikrlar