
"Surxon" terma jamoamiz guruhidagi raqib bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
"Surxon" Superliganing keyingi mavsumi oldidan Turkiyada yig‘in-mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, klub mazkur yig‘in davomida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazmoqda.
Jamoa hozirga qadar ikki serb klubi bilan bahs olib bordi. Dastlabki bellashuvda Chempionlar Ligasi ishtirokchisi "Tsrvena Zvezda"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Voevodina"ga qarshi ikkinchi o‘yinda klub raqibning bitta goliga javob qaytara olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 25 yanvar kuni "Surxon" KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Unga qadar jamoa yana ikkita nazorat bahsini o‘tkazadi.
Quyida jamoaning navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
20 yanvar. "Surxon" - "Jeleznichar" (Serbiya)
21 yanvar. "Surxon" - "Yavor" (Serbiya)
25 yanvar. "Surxon" - KXDR Milliy terma jamoasi
2 fevral. "Surxon" - "Vidovre" (Daniya)
2 fevral - "Surxon" - "Axal" (Turkmaniston)
Fikrlar