
"Surxon"ning Toshkentdagi yig‘ini davom etyapti, tarkibga kimlar qo‘shilyapti?
Termizning “Surxon” klubi 2 fevraldan Toshkentda navbatdagi yig‘inini boshladi. Rejaga ko‘ra, 6 fevralda yangi tashkil etilgan “Olimpik” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi. 12 fevralda “Mash’al” bilan kuch sinashsa, 18 fevral sanasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.
Tarkibga to‘xtaladigan bo‘lsak, serbiyalik Vladimir Bubanya yangi mavsumni yana “Surxon”da boshlaydigan bo‘lib turibdi. Ma’lumki, bungacha futbolchi bilan klub o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga FIFA aralashgandi, oxir-oqibat ikkala tomon masalaning echimini topishganga o‘xshaydi.
Shuningdek, “Metallurg”da to‘p surgan hujumchi Murod Bobojonov ham termizliklar mashg‘ulotlarida qatnashyapti. Undan avval esa Eldor Boymatov bilan Zohir Pirimov qo‘shilgandi. Bulardan tashqari, “Qo‘qon-1912” klubidan Jasur Yoqubov ijaraga olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar