Suv polosi. Qizlarimiz 11-o‘rin uchun qozog‘istonlik tengqurlari bilan kuch sinashadi
Bu chempionat biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.
Serbiyaning Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon chempionati poyoniga etib bormoqda.
Guruh bahslari yakuniga etgach, chorak final hamda 9-16-o‘rinlar uchun bahslar boshlandi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 9-12-o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Dastlabki o‘yinda Xorvatiya ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Akbar Sodiqov shogirdlari yakunda 5:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 9-12-o‘rinlar uchun bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yinda esa kanadalik uoterpolchilar Qozog‘iston termasi ustidan 14:7 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa, 7 avgust kuni o‘tkaziladigan o‘yinlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari 11-12 o‘rinlar, Kanada va Xorvatiya terma jamoalari esa 9-10 o‘rinlar uchun o‘zaro kuch sinashadi.
7 avgust
11-12-o‘rin
O‘zbekiston – Qozog‘iston
9-10-o‘rin
Xorvatiya – Kanada.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmati


Izohlar (0)