Suv polosi. Vakillarimiz bugun Jahon chempionatidagi uchinchi o‘yinni o‘tkazadi
Javokhir Azimov
Vakillarimizga omad yor bo‘lsin!
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Dastlabki turda kuvaytlik uoterpolchilarni yirik hisobda mag‘lub etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi turda Vengriya termasiga 4:31 imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yigitlari 3-turda Qozog‘istonga qarshi bahs yuritishadi. Ushbu uchrashuv bugun, 14 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmati


Izohlar (0)