Asosiy mazmunga oʻtish

Taekvando terma jamoamiz Bangkok Gran-pri chellenjida ishtirok etadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

21-24 noyabr kunlari taekvondo WT bo‘yicha "Bangkok 2025 World Taekwondo Grand Prix Challenge" musobaqasi o‘tkaziladi.

21-24 noyabr kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida joylashgan "Indoor Stadium Huamark" majmuasida taekvondo WT bo‘yicha "Bangkok 2025 World Taekwondo Grand Prix Challenge" musobaqasi o‘tkaziladi. 29 ta mamlakatdan 241 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun bahs olib boradi. 

Tarkibimiz bilan tanishing.

Erkaklar:
Jahongir Xudoyberdiev (58 kg)
Omonjon Otajonov (58 kg)
Diyorbek To‘xliboev (68 kg)
Nazarali Nazarov (68 kg)
Yodgorbek Jo‘raboev (80 kg)
Marat Mavlonov (+80 kg)
Shuhrat Salaev (+80 kg).

Ayollar:
Laylo Xasanova (49 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Shabbona Abduvalieva (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg).

Murabbiylar: Pavel Xan, Stanislav Xan, Maksim Rafalovich, Zaynobiddin Nazaraliev, Jasur Boyqo‘ziev.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q