Taekvondo. Bugun 5 nafar vakilimiz Gran-prida ishtirok etmoqda

  • 11 oktabr, 2023, 11:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi bahs olib boryapti. Ayni paytga kelib, birinchi davra bahslari yakunlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, -80 kg vazn toifasidagi ikki nafar hamyurtimiz Jasur Jaysunov va Shuhrat Salaev birinchi davradayoq o‘zaro to‘qnash kelishdi. Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

-62 kg: Feruza Sodiqova – Nika Klepach (Xorvatiya) 2:0
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov – Buyanshagi Enbolt (Mo‘g‘uliston) 2:0
-68 kg: Niyoz Po‘latov – Xuan Xorkuera (Ispaniya) 2:0
-80 kg: Jasur Jaysunov – Shuhrat Salaev 2:0.

Bellashuvlar davom etmoqda, natijalarni saytimiz orqali kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!