
Taekvondo WT. Bugun Rashitov, Rafalovich va Osipova "Dutch Open"da dayanga chiqadi
Bugun Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Dutch Open" xalqaro musobaqasi start oladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-68 kg: Niyaz Pulatov – Miroslav Frgolech (Slovakiya)
-74 kg: Ulug‘bek Rashitov – Oleksandr Papatsenko (Ukraina)
-74 kg: Jasur Jaysunov – Alexandro Ernandes (Ispaniya)
-80 kg: Shuhrat Salaev – Karim Al Hisnavi (Niderlandiya) / Rikardo Suzuki (Yaponiya)
-87 kg: Nikita Rafalovich – Erdin Bukich (Shvetsiya)
-49 kg: Madinabonu Mannopova – Sharon Vakoli (Keniya)
-67 kg: Feruza Sodiqova – Ikra Kayir (Turkiya)
+73 kg: Svetlana Osipova – Yun Pan (Xitoy Taipeyi) / Sara di Sinno (Germaniya)
Fikrlar