Taekvondo WT. Charos Qayumova Koreyadagi turnir chempioniga aylandi

  • 04.08.2023 13:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

2-6-avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha xalqaro "Kimunyong Cup" turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqa G1 tasnifidan o‘rin olgan bo‘lib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Mazkur xalqaro musobaqaning bugungi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, Charos o‘z vaznidagi barcha raqiblarini engib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Qayumova musobaqada dastlab Yaponiya, yarim finalda Vetnam, finalda esa Koreya terma jamoasi a’zolarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!