Taekvondo WT. Terma jamoamiz "Turkish Open" turnirida muvaffaqiyatli qatnashishdi

  • 10.07.2023 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Turkiyaning Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Turkish Open” musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida dayanga chiqqan sakkiz nafar hamyurtimizning yarmi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Ahamiyatlisi, -74 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz Jasur Jaysunov hamda Najmiddin Qosimxo‘jaev o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli uchrashuvda Osiyo chempioni Jaysunovning qo‘li balandi keldi. Umumiy hisobda O‘zbekiston kattalar terma jamoasi mazkur musobaqani 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallari bilan yakunlashdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-74 kg: Jasur Jaysunov
-87 kg: Nikita Rafalovich
-49 kg: Madinabonu Mannopova

Kumush medal:
-74 kg: Najmiddin Qosimxo‘jaev

Bronza medal:
-54 kg: Omonjon Otajonov

Shuningdek, musobaqaning kadetlar toifasida Islom Akchurin hamda Azizbek Sattorov oltin, Laylo Hasanova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!