Taekvondo WT. Toshkentda 4 ta terma jamoa yig‘in olib bormoqda
Poytaxtimiz 4 ta terma jamoa ishtirokidagi xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga mezbonlik qilyapti
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 aprel kuni Toshkent shahridagi assosiamiz bazasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Xuddi shu sanadan poytaxtimizda Braziliya, Vengriya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari ham katta tarkibda mashg‘ulotlarga kirishdi. Qo‘shma yig‘in 17 aprel sanasiga qadar davom etadi.
Mashg‘ulotlarda 4 ta terma jamoadan jami 79 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. Ta’kidlash joiz, mazkur qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini taekvondochilar uchun oldinda turgan muhim musobaqalar oldidan munosib tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)