
Taekvondochilarimiz - Osiyoda tengsiz! (video)
Joriy yilning 24-27 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medaliga ega chiqishdi va umumjamoa hisobida erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallashdi.
Yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelgan sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportda hamyurtlarimizni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov, vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, taekvondo federatsiyasi, sportchilarning ota-onalari hamda OAV xodimlari tantanali kutib olishdi.
Fikrlar