Tailand chempionati. Legionerimiz ikkita gol urgan o‘yinda jamoasi muhim g‘alabaga erishdi

  • 19.12.2020 23:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tailand chempionatida to‘p surayotgan Sardor Mirzaev uchun navbatdagi tur omadli kechdi.

Uning jamoasi – “Muangtong Yunayted” “Supxanburi” jamoasini qabul qildi va uchrashuv mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Shunga yarasha ular 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Sardor Mirzaev esa o‘yinning 14 va 38-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib dublga erishdi. Shu tariqa, u MYuning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Endilikda “Muangtong Yunayted” turnir jadvalida 21 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz – Akbar Ismatullaev uchun ham 15-tur muvaffaqiyatli bo‘ldi. “Buriram Yunayted” safarda “Prachuap” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib qaytdi.

Ismatullaev esa ushbu bahsda to‘liq ishtirok etdi. Uning jamoasi 23 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!