Tailand U-23 bosh murabbiyi: "Bu olimpiyachilar milliy terma jamoaning kelajagi bo‘ladi"
Bugun soat 20:00 Tailand U-23 hamda Vetnam U-23 terma jamoalari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan tailandliklar bosh murabbiyi Vorravut Srimaka qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Vetnam jamoasini janubi-sharqiy Osiyo o‘yinlarida zafar quchgani bilan tabriklayman. Ular bu musobaqada ajoyib ishtirok etdi.
Ammo bizda tarkibimizning 70 foizi janubi-sharqiy Osiyo o‘yinlaridagi jamoadan juda farq qiladi. Ko‘rganingizdek, safga Evropadan kelgan futbolchilar bilan aralashgan mahalliy yigitlar tanlab olingan.
Bu olimpiyachilar milliy terma jamoaning kelajagi bo‘ladi. Hozirgi eng yaxshi tarkibimiz shu, deb hisoblayman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar