Tailand yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi (turnir jadvali)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari davom etmoqda.
"C" guruhi ishtirokchilari Malayziya hamda Tailand bellashuvida nominal mehmonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Supxanat Mueanta (dubl) va Channarong Promsrikaev mualliflik qildi.
Shu tariqa, tailandliklar 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Malayziya hisobida ochko mavjud emas.


Fikrlar