
Tailandda kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
17-21 iyun kunlari Tailandning Pattaya shahrida kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Har 2 yilda bir o‘tkaziladigan turnirda 20 ga yaqin mamlakatdan 2 ta tarkibda 200 nafardan oshiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Osiyo-Okeaniya kurash federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, qit’a birinchiigi doirasida 18 iyun kuni Osiyo-Okeaniya kurash Konfederatsiyasining navbatdagi Kongress yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan. Unda konfederatsiyaga Laos, Bangladesh, Qirg‘iziston kabi yangi federatsiyalar a’zolikka qabul qilinishi kutilayotgani aytilmoqda. Kongressda, shuningdek, tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Qayd etish lozim, ushbu yosh toifasidagi Osiyo chempionatiga 2017 yilning 9-13 avgust kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnurd shahri mezbonlik qilgan edi.
Fikrlar