Tamom! U "Liverpul"da qoladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Veynaldum mersisaydliklar safida o‘ynashda davom etadi. Yangi shartnoma borasidagi ma’lumotlar keyinroq mu’lum qilinadi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq, tomonlar shartnomaning moliyaviy tomonlarini kelisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar