Taniqli futbolchi: Meni qo‘llab turgan akam o‘ldi, endi futbol o‘ynamayman!
Bundesliganing eng tajribali klublaridan Kevin Kampl keyingi paytda birdaniga “Leyptsig” jamoasida ko‘rinmay qolgani jurnalistlarning e’tiborini topdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli futbolchining shaxsiy hayotida fojia yuz bergan. Kevinning akasi Seki 51 yoshida kutilmaganda olamdan o‘tgani futbolchining ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Leipziger Volkszeitung nashrining xabariga ko‘ra, bu voqeadan keyin Kevinda futbol o‘ynash istagi so‘nggan. Shu sababli ayni paytda “Leyptsig” bilan amaldagi shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qilish ustida ish olib boryapti.
Kevin Kampl aslida “Bayer” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik Germaniyaning “Groyter”, “Osnabryuk”, “Alen”, “Borussiya Dortmund”, Avstriyaning “Zaltsburg” jamoalarida o‘ynagan.
“Leyptsig” mahoratli yarim himoyachini 2017 yili o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. Uzoq muddatdan beri bu jamoa sharafini himoya qilib kelgan Kevin klubda katta hurmatgat ega.
Kampl faoliyatining asosiy qismini Germaniyada o‘tkazgan bo‘lsa-da, xalqaro miqyosda Sloveniya terma jamoasida 38 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol ham urgan.



Fikrlar