Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

"Tata Steel 2026"da chempion bo‘lgan Abdusattorov yana ikki gigant turnirda qatnashadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Yil Nodirbek uchun juda sermahsul davom etmoqda

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel 2026 gʻolibligidan keyin yana ikki kuchli turnirda ishtirok etadi.

2–6 aprel kunlari Karlsrueda oʻtadigan Grenke Open (freestyle formati) tashkilotchilari yurtdoshimizning ishtirokini rasmiy eʼlon qilishdi. U yerda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam boʻladi.

1–7 may kunlari esa Malmё shahrida boʻlib oʻtadigan TePe Sigeman 2026 turnirida ham qatnashadi. Oldinda yana Norway Chess taklifi ham ehtimoldan xoli emas. Yil Nodirbek uchun juda sermahsul davom etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q