Tata Steel Chess Masters 2026: O'zbekistonlik grossmeysterlar yetakchilar safida

  • 21.01.2026 12:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Musobaqaning Masters guruhi uchinchi tur bahslari doirasida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Chexiya vakili Nguen Tai Dai Van ustidan gʻalaba qozondi. Mazkur natijadan soʻng Abdusattorov 3 ochko jamgʻarib, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarildi.

Nodirbek birinchi turda turkiyalik Yagʻiz Kaan Erdoğmus bilan durang qayd etgan boʻlsa, ikkinchi turda hindistonlik Pragnandha Rameshbabu ustidan gʻalaba qozongan, uchinchi turda esa Aravindh Chitambaram bilan durang oʻynagan.

Jahon kubogi gʻolibi Javohir Sindorov ham navbatdagi turda muvaffaqiyatga erishdi. U qora donalarda germaniyalik Mattxias Bluebaumni magʻlub etib, 2,5 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi. Sindorov avvalgi turlarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, Anish Giri hamda Vladimir Fedoseevga qarshi bahslarni durang bilan yakunlagan edi.

Beshinchi turda Nodirbek Abdusattorov AQSh vakili Hans Niemannga, Javohir Sindorov esa turkiyalik Yagız Kaan Erdoğmusga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!