"Tata Steel Chess Tournament 2026": Abdusattorov Jahon chempionga qarshi, Sindarov esa Chitambaram bilan o'ynaydi

  • 22.01.2026 17:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahri "Tata Steel Chess Tournament 2026"ga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur musobaqada 14 ta nomdor shaxmatchilar raund-robin formatida bahs olib borishmoqda. Ular orasida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bor. Quvonarlisi, turnirning 5-kuniga kelib har ikki shaxmatchimiz ham peshqadamlar qatorida bormoqda.

Beshinchi turning asosiy bahsida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Hans Neymanga qarshi durang qayd etib, ochkolari sonini 3.5 ga yetkazib oldi.

Javohir Sindarov esa anchagina asabiy kechgan partiyada Yag'iz Kan Erdoğmusni mag'lubiyatga uchratib, 3.5 ochko bilan yetakchilar qatoriga qo'silib oldi.

Bugun, musobaqaning oltinchi turi doirasida Nodirbek oq donalada jahon chempioni Gukeshga qarshi bahs olib borsa, Javohir Sindarov yana bir hindistonlik Chitambaramga qarshi qora donalarda o'ynaydi.

Ma'lumot o'rnida, hamyurtlarimiz Hans Neyman bilan bir xil 3.5 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!