Taxminlar o‘zini oqlamoqda. Chempionat o‘yinlariga muxlislar tashrifi kamaymoqda

  • 24.05.2018 17:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

12-turga Superliganing 6 o‘yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 51124 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich bir uchrashuvga o‘rtacha 8520ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namangandagi “Navbahor” – “Metallurg” qarama-qarshiligini kuzatdi – 14200. Turning markaziy to‘qnashuvilaridan biri “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” bahsini 8768 ishqiboz shohidiga aylandi.

Eng kam muxlis esa Toshkentdagi “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvida qayd etildi – 5212.

Bu turga ancha kam muxlislar tashrif buyurdi. Bunga ko‘plab sabablarni keltirishimiz mumkin. Ammo ko‘pchilik taxmin qilganidek, yozda chempionatimiz o‘yinlariga tomoshabinlarning kelishi kamaymoqda.

Quyida o‘n ikkinchi turga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

“Navbahor” – “Metallurg” 3:0. 14200 tomoshabin

“So‘g‘diyona” – “Paxtakor” 0:1. 9511 tomoshabin

“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” 1:2. 8768 tomoshabin

AGMK – “Bunyodkor” 1:2. 7812 tomoshabin

“Nasaf” – “Neftchi” 2:0. 5621 tomoshabin

“Lokomotiv” – “Qizilqum” 2:2. 5212 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!