Tayson Fyuri - Aleksandr Usik revansh jangida kim favorit? Sobiq jahon chempioni javob berdi

  • 23 oktabr, 2024, 09:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq jahon chempioni Entoni Krolla ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Fyuridan nima kutishni hech qachon bilmaysiz. U ringga chiqqanda aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirishi mumkin. Shu bois Tayson va Usik jangini intiqlik bilan kutyapman. Birinchi to‘qnashuvdan keyin Aleksandrni favorit sifatida aytgan bo‘lardim, ammo britaniyalik bokschi avvalgi mag‘lubiyat uchun qasos olsa ham hayron qolmayman", - dedi Krolla.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!