Tayson Fyuri APL ning mashhur jamoasi sabab futbol ko‘rishni tashladi

  • 27.08.2025 13:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri futbolga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolganini aytdi. Endi u bor e’tiborini ot poygalariga qaratmoqchi.

“Rostini aytsam, oldin "Manchester Yunayted" ishqibozi edim, biroq hozir ularning ahmoqona o‘yinlari sabab futbol ko‘rishni tashladim. Endi hech bir jamoaga muxlislik qilmayman. Men uchun faqat ot poygalari qiziq”, — dedi Fyuri "Racing TV" efirida.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APL ning 2024/25 yilgi mavsumini 15-o‘rinda yakunlagan. "Qizil iblislar" yangi mavsumning 1-turida “Arsenal”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi, 2-turida esa “Fulxem” bilan (1:1) durang o‘ynadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!