Tayson Fyuri Joshua bilan tekinga urishmoqchi

  • 21 iyul, 2022, 17:18
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri sobiq chempion Entoni Joshua bilan tekinga jang qilishga tayyor. 

"Bu mening Angliyada Entoni Joshuaga jang haqida aytganlarimni tasdiqlaydi. Agar shartlarga rozilik berilsa, bugun shartnoma imzolayman. 

Jang tekin bo‘lishi kerak: bepul teletranslyatsiya va bepul chiptalar. Britaniya uchun bu tarixiy jang o‘tkazilsa, hech kim pul ishlab olmasligi kerak. Shartlar bor va ularni men aytaman. Rozi bo‘ling yoki buni qoldiring. 

To‘p siz tomonda, yigitlar uni oling yoki tashlab yuboring. Qanday bo‘lmasin, menga farqi yo‘q. Bu mening taklifim. Sog‘ bo‘linglar", - dedi Fyuri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!