Tayson Fyuri Uaylder bilan jangni bekor qilmoqchi

  • 27 avgust, 2018, 10:20
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqlik sharhlovchi Den Rafael so‘zlariga ko‘ra, super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (27-0, 20 KO) ushbu vaznda WBC kamari sohibi Deontey Uaylder (40-0, 39 KO) bilan jang qilishni istamayotir.

Tecno

Bu jangda Uaylder favorit bo‘ladi. Fyuri ham imkoniyat bormi? Albatta, ammo so‘nggi vaqtlarda Fyurining endi buni rad qilayotganini eshitdim. Menga uning jamoasida a’zolardan biri bu haqda aytdi, – deya Rafaelning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Tayson Fyuri uch yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yil iyunda faoliyatini qayta boshlagan edi. Bu jangda u Sefer Seferini mag‘lub qildi.

O‘tgan hafta esa u chempionlik kamariga sobiq da’vogar Franchesko Pyanetadan ishonchli tarzda ustun keldi. Shundan so‘ng britaniyalik bokschining promouteri keyingi jangni Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!