Tayson Fyuri xalqaro qidiruvdagi shaxs bilan aloqadorligi sabab AQShʼga kirishiga taqiq qo‘yildi

  • 18 iyun, 2022, 23:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks og‘ir vazn toifasida WBC chempioni "Lo‘lilar qiroli" Tayson Fyuri hozir AQShda jang qila olmaydi, chunki uning mamlakatga kirishi taqiqlangan. Bunga Fyurining Daniel Kinaxan bilan munosabati sabab bo‘lgan.

44 yoshli Daniel Kinaxan Irlandiyada va qisman Ispaniyaning Marbella shahrida joylashgan yirik narkokartel - Kinaxan kartelining rahbari. Ushbu biznesning asoschisi Danielning otasi - "Chik Don" laqabli Kristofer Kinaxan edi.

Ammo, shu bilan birga, Daniel Kinaxan boksning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

2012 yilda Metyu Maklin bilan birgalikda bokschilarga menejment xizmatini ko‘rsatuvchi MTK Global kompaniyasiga asos solgan. Ulardan eng mashhur mijozlari: Tayson Fyuri, Billi Jo Sonders, Karl Frempton, Martin Myurrey va UFC jangchisi Darren Till.

Joriy yilning aprel oyida Kinaxan xalqaro qidiruvga berilgani sababli MTK Global yopildi. Qo‘shma Shtatlar unga alohida qiziqish bildirmoqda, uni qo‘lga olish uchun 5 million dollar to‘lashga tayyor.

Shu bilan birga, unga aloqasi bor deya topilgan 600 nafar inson Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishiga taqiq qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!