Tayson Fyurining nafaqaga chiqish vaqti keldi

  • 31 oktabr, 2023, 12:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq chempion, amerikalik Riddik Bou britaniyalik Tayson Fyuri va kamerunlik MMA jangchisi Frensis Ngannu o‘rtasidagi boks uchrashuvi natijasiga izoh berdi.

Tecno

Taysonning nafaqaga chiqish vaqti keldi. U hech qanday jangsiz, professional debyutini o‘tkazgan, tajribasi yo‘q yigit bilan jang qildi.Tayson jangni erta tugatishi kerak edi. Ngannu Taysonni ojiz tomonlarini ko‘rsatdi. Uni urib, yiqitdi. Tajribasiz bokschi buni amalga oshirdi. Menimcha, Tayson nafaqaga chiqishi kerak, lekin menimcha, u bunday qilmaydi”, -dedi Bou "Fight Xub TV" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, jangchilar o‘rtasidagi uchrashuv 29 oktabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan va o‘n raund yakuniga ko‘ra, ochkolar hisobida (95-94, 95-94, 93-96)    Fyurining g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!