"Tbilisi Grand Slam 2026" turniri. Bugun 6 nafar dzyudochimizga muxlislk qilamiz!

  • 20.03.2026 14:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Gruziya poytaxtida "Tbilisi Grand Slam 2026" turnirining ilk kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.  

Soat 11:00 da boshlanadigan saralash blokida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili ham medallar yo‘lidagi yurishini boshlaydi. Bugun erkaklar o‘rtasida -60, -66 kg, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi

Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz:

-48 kg: Ulbusin Hakimova — Laura Espadina (Fransiya) 

-52 kg: Sita Kadambaeva — Naomi Van Krevel (Niderlandiya)

-57 kg: Rayhona Mamatova — Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston) 

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Mishel Augusto (Braziliya)  

-66 kg: Abdurahim Nutfulloev — Tornike Gigauri (Gruziya)

-66 kg: Azizbek Ortiqov — Erbol Abasbekov (Qirg‘iz Respublikasi)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!