
Teddi Atlas Tayson 13 yoshida 17 yoshli bokschini qanday nokautga uchratganini aytib berdi
Mashhur boks murabbiyi Teddi Atlas taniqli amerikalik sobiq bokschi Mayk Taysonning ilk jangi haqida so‘zlab berdi. Atlasning so‘zlariga ko‘ra, 13 yoshli Tayson o‘zidan to‘rt yosh katta bo‘lgan raqibiga qarshi boks o‘tkazishi kerak edi.
“Vaqti kelib, jang qilishga tayyor bo‘lganida, men uni Bronkslik yigitlarga qarshi qo‘ydim. Bu vaqtga kelib Taysonning vazni 90 kilogrammga etgandi. Menimcha, u o‘sha paytda 13 yoshda edi. U bilan jang qilish uchun uning yoshidagi og‘ir vazn toifasini esa hech qaerdan topib bo‘lmasdi. Shu sababli uni 17 yoshli yigitga qarshi qo‘yishimga to‘g‘ri keldi. Menga Maykning yoshini yozishni aytishdi, men u 13 yoshda ekanligini yozdim va ular esa javob berishdi:
"Teddi, ahmoqlik qilyapsiz". Men aytdimki: "Yaxshi,unda men sizni xursand qilish uchun Taysonni 18 yoshda deb yozaman." Jang boshlandi. Raqib Taysonni darhol nokaut qilmoqchi edi. Ammo bir daqiqa ichida Mayk unga nimalarga qodirligini ko‘rsatdi va zarbalar kombinatsiyasini yo‘lladi. To‘satdan raqib burchak qamalib qoldi va shu onda Tayson kuchli zarba bilan jangni nihoyasiga etkazdi. Bu xuddi Gollivud kinolariga o‘xshardi”, — deya Atlas so‘zlarini keltiradi talkSPORT.
Fikrlar