Teddi Atlas: "Usikning filmi baxtli yakun topishi uchun faoliyatini tugatishi kerak"

  • 05.09.2025 07:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Mashhur amerikalik boks murabbiyi Teddi Atlas ukrainalik chempion Aleksandr Usikning kelajagi borasida fikr bildirib, unga faoliyatini yakunlash haqida o‘ylashni maslahat berdi.

"Men juda ko‘p achchiq misollarni guvohi bo‘ldim. Muhammad Alini ap unga o‘xshagan boshqa bokschilarni ko‘rdim. Ularning taqdiri dahshatli bo‘lgan. Tarixdagi eng buyuk bokschi hisoblangan Ali ham faoliyatining oxirida va undan keyin sog‘ligida katta muammolarga duch kelgan. Men Usik haqidagi bu ajoyib filmning baxtli yakun topishini istayman", — deya Atlasning so‘zlarini keltirdi "SecondsOut.com" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni Daniel Dyubuani 5-raundda nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!