Temur Kapadze: Ularning o‘rnida boshqa futbolchilar harakat qiladi

  • 24 mart, 14:45
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron bilan kuch sinashadi. "A" guruhining 8-turidan o‘rin olgan bahs har ikki terma jamoa uchun ham Mundial yo‘llanmasi uchun ahamiyatli sanaladi. 

Mazkur to‘qnashuv oldidan termamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

- Assalomu alaykum. Albatta, ertaga qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Eronning ham, o‘zimizning ham imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va jarayonni davom ettiryapmiz ham. 

- Eron terma jamoasi va ligasini yaxshi bilamiz. Sababi, futbolchilarimiz bu chempionatda to‘p tepadi. Shuningdek, milliy terma jamoalar ham ko‘p bora to‘qnash kelgan. Shuning uchun, raqib haqida etarlicha ma’lumotga egamiz. 

- Hozirgi kunda eng kuchli avlod bilan harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, maqsadimiz sari yaqinmiz va orzumizni (Jahon chempiontiga chiqish) amalga oshiramiz. 

- Albatta, ularning (Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov) terma jamoamizda o‘ziga yarasha o‘rni bor. Biroq bu - futbol. Shuning uchun, ularning o‘rniga boshqa futbolchilar harakat qiladi. Ostonga keladigan bo‘lsak, uning jarohati bor edi, ammo tayyorgarlik ko‘ryapti. Uning ertangi uchrashuvga qay darajada tayyor bo‘lishini ko‘ramiz. Qolgan hamma futbolchilar sog‘-salomat. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Соатмурод Юсупов
24/03/2025 18:54
Masharipov ŏyinni buzib qŏyadi, kerakmas
Baxil Alihuja
24/03/2025 16:24
машариповни кераги йук!