Temurxo‘ja Abduxoliqov "Lokomotiv"da qoldi
Iste’dodli hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov ham faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi.
Yodingizda bo‘lsa, unga “Paxtakor” va “Navbahor”dan takliflar borligi haqida ma’lum qilingandi. Ammo o‘shanda garchi klub bilan tuzgan shartnomasi tugagan bo‘lsa-da, uning o‘zi hali “Lokomotiv”dan ketishga shoshilmayotgani haqida aytgandi. Lekin ko‘pchilik Abduxoliqovni boshqa klubga ko‘chib o‘tishini kutishgani rost edi.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Temurxo‘ja hech qaerga ketmaydigan bo‘ldi va yangi mavsumni ham yana “Lokomotiv”da o‘tkazishga kelishib oldi. Bu xabarni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.
O‘tgan mavsumda u “Loko” safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib 6 ta gol urgan.
Fikrlar