
Temurxo‘ja Abduxoliqov: Terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman
Har o‘yinda g‘alabani ko‘zlab maydonga tushamiz. Qiyin o‘yin bo‘ldi, asosiysi, o‘z maqsadimizga erishdik va bundan xursandmiz. Bizga muxlislik qilgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.
- Ayni vaqtda to‘purarlar ro‘yxatida bormoqdasiz, jamoada etakchisiz. Lekin nimagadir milliy terma jamoada ko‘rinmayapsiz...
- Yoshligimdan beri terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman. Hammo savol terma jamoa murabbiylariga bo‘lgani ma’qul.
- Uchrashuv avvalida "Lokomotiv" atrofida turli gap-so‘zlar tarqaldi murabbiy o‘zgarishi borasida. Bu holat futbolchi sifatida sizda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otdi?
- Istalgan futbolchining murabbiyi mavsum o‘rtasida ishdan olinsa, futbolchi hijolat his qiladi o‘zini. Boisi, murabbiy aynan sizning yomon o‘yiningiz sabab ketadi. Futbolchilar esa jamoada qoladi. Shu bois, murabbiy uchun o‘ynadik. Babayan haqidagi gaplar qanchalik haqiqatga mos bilmadim. Menimcha hech bir futbolchi mavsum o‘rtasida murabbiy almashishini istamaydi. Futbolda faqat murabbiylar emas, ham xato qiladi. Ammo murabbiylarni o‘zgartirishadi va endi bu hayot...
- OChLdagi muvaffaqiyatsizlikning sababi nimada?
- Biz g‘alaba qozona turib, mag‘lubiyatga uchradik. Bu omad bilan bog‘liqmi yoki konsentratsiyani yo‘qotdikmi, bilmadim. Lekin hech qaysi jamoa o‘yin jihatdan bizdan ustunlik qilgani yo‘q. Buni chuqur tahlil qilib chiqish kerak. Baribir, 5-6 nafar asosiy futbolchilarimiz yo‘q va shu bois qiyin bo‘ldi. OChLda balki bizga kuchli legionerlar etishmagandir. Masalan arab jamoalari aynan shuning evaziga ustunlik qilishadi. Bizda esa hamma bir xil darajada.
- "Lokomotiv" qatorasiga uch bor durang o‘ynab, "Paxtakor"ni oldinga o‘tkazib yubori. Buning boisi nimada?
- Hammasi "Qo‘qon-1912"dan boshlandi. Biz bo‘shashdik va raqiblar buni kechirmadi. G‘alabasiz seriyadan so‘ng juda qiyin bo‘ladi muvaffaqiyatga erishish, mana uchta o‘yindan so‘ng birinchi g‘alabaga erishdik. Bugun yutmasak bo‘lmas edi.
Shahzod Xolboev yozib oldi
Surat muallifi Azamat Umarov
Fikrlar